Mamlakatimizda xalq farovonligi yo‘lida olib borilayotgan ezgu sa’i- harakatlarga o‘z hissasini qo‘shishni istagan faol fuqarolar hisobiga kengaytirish siyosiy partiyalar oldida turgan muhim vazifalardan sanaladi.
Ushbu maqsadlarda O‘zXDP Jizzax shahar kengashi tomonidan Amir Temur MFYda joylashgan, aholiga birlamchi tibbiy xizmatni yanada yaqinlashtirish maqsadida yangi qurib foydalanishga topshirilgan zamonaviy tibbiyot maskani 1-son oilaviy poliklinika filialiga tashrif buyurilib, unda yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.
Jizzax shahrining chekka hududi sanalmish mazkur tibbiyot maskanida aholi uchun zarur bo‘lgan dastlabki tibbiy xizmatning barcha qulay shart-sharoitlari yaratilganligini e’tirof etgan holda, faoliyat olib boruvchi xodimlarga mamlakatimizda xalq farovonligi yo‘lida barcha jabhalarda olib borilayotgan islohotlar, Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan sa’i- harakatlar, hozirgi kundagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar hamda shahar partiya tashkiloti va partiya deputatlik guruhining faoliyati to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berib o‘tildi.
E’tiborli tomoni ushbu tibbiyot maskanida faoliyat yurituvchi bir qator ishchi-xodimlar partiya safiga a’zo bo‘lish istagini bildirishib, ularga partiya a’zolik guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.