Xalq bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Xalq bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Hazorasp tuman Kengashi tomonidan Hazorasp tuman xalq ta’limi bo‘limida "Xalq bilan ochiq muloqot-muammolarni samarali, tezkor hal qilish omili" mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston XDP Hazorasp tuman Kengashi raisi, deputatlik guruhi rahbari M.Vaisov va Hazorasp tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Sh.Axmedovlar so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi, "O‘zbekiston-2030" strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi maqsad va vazifalari, saylov oldi Dasturi mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

Muloqot davomida deputat ishtirokchilarni qiziqtirgan savollar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

 

 

 

 

Teglar

Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish