Partiya ramzi tushirilgan targ‘ibot vositalarini tayyorlatish hamda xarid qilish bo‘yicha tanlov
Partiya ramzi tushirilgan targ‘ibot vositalarini tayyorlatish hamda xarid qilish bo‘yicha tanlov

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Qonunchilik palatasi nomzodlarining 75 turdagi 5 ming donadan A5 hajmdagi flayeri va cho‘ntak kalendari, partiyaning shior va dasturiy g‘oyalari aks etgan 600 ming dona A5 flayeri va cho‘ntak kalendari, partiyaning Saylovoldi dasturi A5 hajmda o‘zbek tilida (15 ming dona kirill va 1000 dona lotin yozuvida), 1000 donadan rus va qoraqalpoq tillarida, A6 hajmdagi Saylovoldi dasturi 15 ming dona o‘zbek tili kirill alifbosida; partiya ramzi va shiori aks etgan 40 ming dona stol kalendari; Toshkent shahrining tumanlari bo‘ylab markaziy ko‘chalardagi simyog‘ochlarga o‘rnatish uchun nomzodlar va partiya shiorlari aks etgan 88 dona 1.2x2 metr hajmdagi fomaks plakat; Qonunchilik palatasi nomzodlarining A2 hajmdagi 600 dona va A3 hajmdagi 6700 dona plakatlarini chop etish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

 

Tijorat takliflari quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

100029, Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni 5/3.

 

Tanlov savdolarida qatnashish istagini bildirgan korxona va tashkilotlardan 2024 yil 20 sentabr, soat 12.00 ga qadar tijorat takliflari qabul qilinadi.

 

Ma’lumot uchun telefon raqami: tel.: (71) 239-19-73

 

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish