QALBLARNI HAYAJONGA SOLGAN GAPLAR
QALBLARNI HAYAJONGA SOLGAN GAPLAR
  • Milliy yuksalish deganda, biz mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning hayot darajasi va turmush sifatini har tomonlama yuqori bosqichga ko‘tarishni tushunamiz.
  • Biz ma’naviyat va ma’rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamiz. Vijdoni, ma’naviyati bor inson Vatanni albatta yaxshi ko‘radi. Vijdon, ma’naviyat degani – xalqqa, Vatanga chin yurakdan xizmat qilish deganidir.
  • Bugungi kunda O‘zbekiston o‘z fuqarolarining huquq va manfaatlarini, ular qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, himoya qilishga qodir mamlakat sifatida o‘zini namoyon etmoqda.
  • Davrning, hayotning keskin talablaridan orqada qolmaslik uchun barchamiz har kuni o‘qib-o‘rganishimiz, o‘z ustimizda ishlashimiz, bilim va saviyamizni doimo oshirib borishimiz kerak.
  • O‘z Vatanini, ona xalqini ravnaq toptirish uchun o‘zini ayamasdan mehnat qilish: bu – jasorat va mardlik, bu – ona yurtga muhabbat va sadoqat, bu – to‘g‘ri tarbiya va amaliy namuna demakdir.
  • Bugun bir fikrni qat’iyat bilan ta’kidlashni zarur, deb bilaman: O‘zbekistondagi demokratik jarayonlar endi orqaga qaytmaydigan, muqarrar tus oldi.
  • Biz mana shu yorug‘ kunlar uchun kurashib, jon fido etgan ota-bobolarimizning haqqi-hurmati, 33 millionlik xalqimizning haqqi-hurmati, bizga umid va ishonch ko‘zi bilan boqib turgan bolalarimiz, nabiralarimizning haqqi-hurmati – mustaqillik va istiqlol yo‘lidan hech qachon qaytmaymiz!
  • O‘z maqsadlarimizga albatta yetamiz – kelajagi buyuk O‘zbekistonni barchamiz birgalikda barpo etamiz!
  • Bu so‘zlar mamlakatimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda Prezidentimiz tomonidan aytildi.
  • Bu so‘zlar shiorlarga aylanmog‘i va har birimizning qalbimizga muhrlanmog‘i zarur.

 

www.uzbekistonovozi.uz

← Roʻyxatga qaytish