partiya-munosabati
Ijtimoiy kodeksni tayyorlash dolzarb vazifa
Ijtimoiy sohalarni tartibga soluvchi qonunlarni kodifikatsiya qilish orqali Ijtimoiy kodeksni tayyorlash dolzarb vazifa hisoblanadi. Bu qadam qonunchilikni tizimlashtirish, ziddiyatli va takrorlanuvchi normalarni bartaraf etish hamda aholining ijtimoiy himoyasi va farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi...
Bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni kamaytirishda eng muhim va hal qiluvchi yil
Kuni kecha Prezidentimiz raisligida yana bir o‘ta muhim masala muhokama qilindi. Banklar ishtirokida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishga qaratilgan ustuvor vazifalarga qaratilgan videoselektor yig‘ilishida og‘ir tumanlarda ishsizlikni kamaytirish masalasiga alohida yondashildi. Ularga boshqa hududlardan tajribali tadbirkorlar jalb qilinib, loyihalari uchun yengil kreditlar hamda infratuzilmasiga qo‘shimcha mablag‘ ajratilishi ta’kidlandi...
“Yaxshi qonun – xalqqa hurmat ifodasidir”
Jahon siyosati tarixida qonunlar xalqning vijdonini ifodalashi kerakligi haqida ko‘p hikmatli fikrlar aytilgan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining birinchi majlislarida milliy parlamentimizning qonun ijodkorligini kuchaytirish bo‘yicha bildirilgan taklif-tashabbuslar shunday hikmatlarga monand bo‘ldi...
Maqsad – ezgu, vazifalar – qat’iy!
Prezident huzurida o‘tgan, mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qilingan ishlar sarhisobi va 2025-yil uchun ustuvorliklarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ushbu hayotiy masala yana bir bor tanqidiy tahlil qilinib, oldinda turgan qat’iy vazifalar aniq ko‘rsatib o‘tildi...
Ijtimoiy adolat va iqtisodiy taraqqiyot uchun yangi mexanizmlar
Kecha Prezident raisligida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha qilingan ishlar sarhisobi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Avvalo aytish kerakki, unda belgilangan vazifalar mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yangi bosqichini boshlab berdi. Xalq demokratik partiyasi bu tashabbuslarni ijtimoiy adolatni ta’minlashning muhim elementi sifatida baholaydi...
Mehnat jarayonida tazyiq va kamsitish uchun jazo, yangi farzand ko‘rgan otalarga esa 5 kunlik ta’til belgilanmoqda
Ish joylarida tazyiq va zo‘ravonliklarni aniqlash, uni sodir etgan shaxslarga tegishli choralar qo‘llash, jabrlangan shaxslarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish bo‘yicha huquqiy asos mavjud emasligi tabiiyki, statistik ma’lumotlarga ham ta’sir qiladi. Bu kabi salbiy holatlarning oldini olishga ham to‘sqinlik qiladi...
Ijtimoiy himoyaning — ijtimoiy dasturi
Yig‘ilishda haqli ravishda hamma rahbarlar ham ehtiyojmand aholini ishli qilib, daromadini ko‘paytirish, ularga manzilli ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatishni to‘g‘ri tashkil qila olmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Ayniqsa, kambag‘al oilalarga biriktirilgan rahbarlarning 1 ming nafari natija ko‘rsata olmagani 184 nafari ushbu oilalar xonadoniga biror marta ham bormagani keskin tanqid ostiga olindi...
“Escrow” tizimi: uy-joy qurilishi sohasidagi muammolarga oqilona yechim
Fuqarolarimiz ayrim nopok qurilish korxonalarining va’dalariga ishonib, hali qurilishi boshlanmagan uy-joylar uchun shartnoma tuzib, oldindan katta miqdorda to‘lov qilib qo‘ymoqda. Ayrim qurilish korxonalarining pullarni maqsadsiz sarflashi, talon-toroj qilishi yoki ularni bankrotga uchrashi oqibatida, ishonuvchan fuqarolar mablag‘laridan ajralib qolyapti...
Barchamiz mas’ulmiz
BMT Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolutsiyasiga muvofiq, 2004-yildan boshlab 9-dekabr «Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni» sifatida nishonlab kelinmoqda...
Jamiyatda tenglikni ta’minlash bosh maqsadimizdir
Prezidentimiz raisligidagi yig‘ilishda ta’kidlanganidek, o‘tgan vaqt mobaynida 95 ming muhtoj odamga yordam berildi, 51 ming odamga nogironlik belgilandi, 26 ming nafariga protez buyumlari topshirildi, 5 ming nogiron bola bog‘cha-maktabga joylashtirildi. Ushbu ishlar haqiqatan ham muhim yutuqlardir...