Saflarimiz kengaymoqda
Saflarimiz kengaymoqda

 

XDP Angren shahar kengashi raisi F.Abduraximova Yoshlar ittifoqi vakillari bilan birgalikda «Safimizdagi yoshlar» loyihasi doirasida tadbir tashkil etdi.

Maqsad yoshlarning siyosiy, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga jalb qilishdir. «O‘zbekiston - 2030» strategiyasida belgilangan 5 ta yo‘nalish va 100 ta maqsadlar tanishtirilib, partiya dasturi haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida «Yosh siyosatchi-2024» ko‘rik tanlovini o‘tkazish masalasi yuzasidan yoshlar bilan kelishib olindi. Yakunda 19 nafar yoshlar partiya a’zoligiga qabul qilindi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish