Xotira abadiy – qadr muqaddas

 

O‘zbekiston XDP Shahrisabz tuman kengashi tashabbusi bilan bir guruh faollar bilan birgalikda “Obod mahalla” fuqarolar yig‘inida yashovchi 2-jahon urushi qatnashchisi Saydullo Jabborov xonadoniga tashrif buyurib, holidan xabar olindi.

Saydullo Jabborov 2-Jahon urushi faxriysi. Uzoq yillar qishloq xo‘jaligi tizimida samarali mehnat qilgan, viloyat miqyosidagi rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Otaxon tashrif buyurgan mehmonlarga urush dahshatlarini, u kunlarning o‘chmas dog‘lari haqida so‘z yuritarkan, bugungi tinchlik-osoyishtalikni qadrlash, kelajakka intilish, shukronalik hissi bilan yashash zarur ekani xususida gapirdi.

Tadbirda tuman madaniyat bo‘limi baxshisi Eldor Tursunovning shirali ovozi barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi.

 

 

 

 

Teglar

Faxriy Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish