Deputat mahallada saylovchilar bilan uchrashdi
Deputat mahallada saylovchilar bilan uchrashdi

 

Deputat xalq vakilidir. U har bir hudud hayoti bilan yaqindan tanishib, bevosita aholi ichida yashab uning turish-turmushidan, o‘ylantirayotgan masalalardan yaxshi xabardor bo‘lishi va xalq orasida ish olib borishi zarur hisoblanadi. Shu asnoda O‘zXDP Xiva shahar Kengashi deputati Leninza Atajanova tomonidan “Do‘stlik” MFYda aholiga qulaylik va shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib bordi.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida tushuntirildi.

Mahalladagi xotin-qizlar muammolari o‘rganilib, ularning bandligini ta’minlash, qo‘shnichilik odobi, bolalar uchun nafaqa olish masalalari yuzasidan mahalla yettiligi bilan hamkorlikda tushuntirishlar berib o‘tdi.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish