Faollar bellashuvi
Faollar bellashuvi

 

O‘zXDP Chirchiq shahar kengashi tomonidan Chirchiq davlat Pedagogika Universitetida "Yosh siyosatchi" ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.

Partiyamizning Saylovoldi dasturi hamda “O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida 2024 yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” yili Davlat dasturida belgilab berilgan eng ustuvor vazifalarni amalga oshirishda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy savodxonligini yuksaltirish, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakatimiz ravnaqi, yuksalishida, jamiyatimizda yoshlarning munosib o‘rinni egallashiga erishi maqsadida tashkil etilgan mazkur ko‘rik-tanlovda partiyamizning faol yoshlaridan 5 nafari ishtirok etdi. Ular o‘zlarining intellektual salohiyati, iqtidori, bilimlarini namoyish etib bellashdilar.

Faxrli 1-o‘rinni Tibbiyot kolleji yoshlar yetakchisi Xurshida Murtozayeva, 2-o‘rinni Akademik litsey o‘quvchisi Diyorbek Jovliyev, 3-o‘rinni kasb-hunar maktabi o‘quvchisi Sabina Shoyusupova egalladi.

G‘oliblarga partiyamiz tomonidan diplom, faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish