Bolalarga bering dunyoni
Bolalarga bering dunyoni

 

Jizzax shahar bo‘limiga qarashli 13-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan bolajonlar ishtirokida “Xayr bog‘cha – salom maktab” hamda 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda bolajonlar ishtirokida qiziqarli chiqishlar va she’rlar o‘qilib, musiqiy dasturlar ham namoyish etildi. Yil davomida bolajonlarga sifatli ta’lim berishda tashabbuskorlik ko‘rsatgan ta’lim muassasasi xodimlariga ma’muriyat tomonidan tashakkurnomalar taqdim etildi.

Shuningdek, Zarbdor tuman Kengashi deputati N.Allamuratova hamda O‘zXDP Jizzax viloyat Kengashi mas’ul xodimi D.Turg‘unovalar tomonidan bolajonlarga yangi o‘quv yiliga qadam qo‘yishlari munosabati bilan kitoblar taqdim etildi.

 

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish