Ayollar bilan yuzma-yuz
Ayollar bilan yuzma-yuz

 

Qonunchilik palatasidagi XDP fraksiyasi a’zosi M.O‘razaliyeva, O‘zXDP Markaziy Kengashi Xotin-qizlar bilan ishlash sektori mudiri G.Asatova hamda partiyamizning Jizzax viloyat kengashi raisi N.Xolmatov, mahalliy kengash deputatlari, partiyaning mas’ul xodimlari hamda hamkor tashkilotlar vakillari Sh.Rashidov tumanidagi “Bobur” mahallasida bo‘ldi.

Unda “Bobur”, “Qorayantoq”, "Tuyoqli" mahallalarida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi va dildan suhbatlashildi. Ularni o‘ylantirayotgan masalalar, qiynayotgan muammolar yechimini topishga harakat qilindi.

Dastlab tadbir ishtirokchilariga mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy himoya qilish, oila va jamiyatdagi nufuzini yanada oshirish, gender tenglikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, qabul qilinayotgan Qonun, qarorlar haqida, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlarni o‘qitish, kasb-hunarli qilish, bandligini ta’minlash, turmush sharoitlarini yaxshilash uchun berilayotgan imtiyozlar, imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbir qizg‘in bahs-munozara va savol javoblarga boy tarzda davom etdi. Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar o‘z muammolarini hal etib berishda amaliy yordam so‘rab murojaatlar qilishdi. Ularning murojaatlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Viloyat va tuman kengashi deputatlari ko‘magida hal etilishi kelishib olindi.

Tadbir so‘nggida kasb-hunar o‘rganish kursini tamomlagan bir guruh xotin-qizlarga 5 mln, 15 mln so‘mlik kreditlar va tikuv mashinalari olish uchun sertifikatlar topshirildi, partiya va homiylar tomonidan 6 nafar ayolga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Tadbirdan so‘ng xonadonlarga tashrif buyurildi, suyak yemirilishi kasalligi bilan og‘rigan Gulchehra Eshmatovaga qo‘ltiq tayoq hamda Marhabo Hakimovaga bepul davolanishi uchun order berildi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish