Teng huquq – teng imkoniyatlar
Teng huquq – teng imkoniyatlar

 

O‘zbekiston XDP Chirchiq shahar kengashi raisi N.Raxmanberdiyeva tomonidan O‘zbekiston Nogironlar jamiyati Chirchiq shahar bo‘limida nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotiga integratsiya jarayonidagi mavjud muammolarni o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida "Teng huquq – teng imkoniyatlar" loyihasi asosida Nogironlar jamiyati raisi Sh.Ibragimova va ushbu jamg‘arma a’zolari bilan uchrashdi.

Tadbir ishtirokchilariga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, nogironligi bor shaxslar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Muloqot samimiy, sermazmun, erkin tarzda o‘tdi. Yakunda 4 nafar ishtirokchi partiya safiga qabul qilindi.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish