Yoshlar imkoniyatlardan unumli foydalansin
O‘zbekiston XDP Bo‘ston tuman kengashi tomonidan Axborot kutubxona markazida 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan «Yoshlar oyligi» doirasida «Safimizdagi yoshlar» loyihasi asosida tadbir tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston XDP Bo‘ston tuman kengashi raisi M.To‘ychiyeva tomonidan mamlakatimizda yoshlarga yaratilgan sharoitlar, berilgan imtiyozlar haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, tumanda o‘tkazilgan «Yosh siyosatchi» ko‘rik-tanlovi g‘olibi Sanjarbek Axatjonov partiyaning g‘oyalari, maqsadlari haqida gapirib, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish borasidagi o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.