Aholi bilan samarali muloqot
Aholi bilan samarali muloqot

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zulayho Akramova Jizzax viloyatining Arnasoy hamda Forish tumanlarida aholi bilan muloqotlar o‘tkazdi. Dastlabki muloqot Arnasoy tuman hokimi Odil Musanov bilan bo‘lib, unda bugungi kunda tumanda aholi farovonligini ta’minlash, shuningdek bu borada qabul qilinayotgan Qonunlar, mamlakatimiz Prezidenti tomonidan imzolanayotgan Farmon va Qarorlarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbatlashildi.

Tuman hokimi O.Musanovning bergan axborotlarga ko‘ra, o‘tgan juda qisqa vaqt davomida hududda ancha-muncha ishlar amalga oshirilgan. Tuman hokimi bular haqida birma-bir to‘xtalib o‘tar ekan, bunday yaxshi xabarlar haqida eshitib, yangi rejalar, chora-tadbirlar bilan birma-bir tanishar ekan Z. Akramova agar zarur bo‘lsa, vakolati doirasida qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.

Shundan so‘ng hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda olib borilgan ishlar bilan tanishish, aholini qiynayotgan muammolar, ular tomonidan tushayotgan takliflar, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlarining xalq bilan hamkorligini o‘rganish maqsadida mahallalar idoralari, aholi xonadonlarida bo‘lindi.

Shuningdek, tuman Axborot kutubxona markazida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mahallalar faollari, partiya vakillari tomonidan yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va qabul qilinayotgan Qonun va qarorlarning mazmun mohiyatini aholiga yetkazish, hududlarda aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyiga chiqqan xolda o‘rganish va bartaraf etish choralarini ko‘rish masalalari muhokama etilib, mahalla faollari orqali aholidan O‘zXDPning saylov oldi dasturiga takliflari ham qabul qilindi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish