“Deputat va yoshlar” uchrashuvi
“Deputat va yoshlar” uchrashuvi

 

Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashi deputati F.Umarov boshchiligida yoshlar bilan uchrashuvlar davom etmoqda. Uchrashuvda rahbarlar tomonidan talaba-yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga javoblar berildi.

Tuman deputati F.Umarov Do‘stlik mahallasida joylashgan “Tola klaster” binosida yoshlari bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuvda tuman yoshlar o‘zlarining muammo va takliflari bilan ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida, "Artel" kompaniyasiga 50 nafar, Inter-injenering kompaniyalariga 30 nafar ishsiz, xususan, bitiruvchi yoshlar, migratsiyadan qaytgan hamda kam daromadli fuqarolar ishlash istagini bildirdi.

Shuningdek, tumandagi 7 ta korxona va tashkilotlarga jami 20 nafar fuqaroning turli kasblarga yo‘naltirildi. Tadbir davomida, ayollar va yoshlar daftariga turuvchi 22 nafar ishsiz, kam daromadli fuqarloga subsidiya asosida 8 ta turli xildagi asbob-uskunalar berilib, bandligi ta’minlandi.

 

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Faxriy Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish