“Safimizdagi yoshlar” loyihasi
O‘zbekiston XDP Romitan tuman kengashi raisi R.Safarov tashabbusi bilan faol yoshlar ishtirokida "Safimizdagi yoshlar" loyihasi asosida uchrashuv tashkil etildi.
So‘zga chiqqan O‘zXDPning faol deputatlaridan biri M.Jumayeva partiyaning saylovoldi dasturlari haqida tushuncha berdi. Birgalikda saylov jarayonlarida ham partiya safida faol bo‘lish lozimligini ta’kidladi.
Muloqot samimiy ruhda o‘tdi. Faol yoshlardan 18 nafari partiya safiga qabul qilindi.