Mirobod tumanidan delegatlar saylandi
Mirobod tumanidan delegatlar saylandi

Tuman kengashi ko‘pgina masalalar qatori, ichki partiyaviy ishlarga ham katta e’tibor qaratdi va natijada, partiyaga qabul qilishni son va sifat jihatdan yaxshilashga erishdi.

 2019 yilda tuman kengashi hisobida jami partiya a’zolari 3234 tani tashkil etgan bo‘lsa, ayni vaqtda  partiya a’zolari jami 4761 tani tashkil etmoqda. Boshlang‘ich partiya tashkilotlari soni 94 ta. Tuman kengashi tomonini aholini tashvishga solayotgan masalalar, ulardan tushayotgan savol va murojaatlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilmoqda va ayrimlari  doimiy komissiya va deputatlik guruhi yig‘ilishlarida muhokama qilinmoqda.




Kun tartibidagi masala yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgach, shahar partiya konferensiyasiga delegatlar saylandi.

← Roʻyxatga qaytish