Yoshlarga saylov jarayonlari tushuntirilmoqda

 

Bugun Qo‘rg‘ontepa tuman Kengashi raisi Z.X.Karimova tumandagi "Uchqun” MFYda tumanning faol yoshlar yetakchilari bilan "Yosh siyosatchilar maktabi"ni tashkil etdi.

Tadbirda Z.X.Karimova birinchi marta saylov jarayonlarida ishtirok etadigan yoshlarga saylov madaniyatini shakllantirish va siyosiy jarayonlarga jalb kilish maqsadida tushuntirish ishlarini olib bordi.

Targ‘ibot davomida partiyaning saylovlardan so‘ng Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari kengashlaridagi deputatlari tomonidan keyingi 5 yil ichida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida tushunchalar berdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan tashkilotchilarga murojaat etishdi.

Tadbir so‘nggida ikki nafar yoshlar partiya safiga o‘tish istagini bildirdi.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish