Deputatlikka nomzodlarga kerakli tavsiyalar berildi

 

O‘zbekiston XDP Buxoro viloyat kengashi tomonidan Buxoro shahridagi Neft va gaz sanoati texnikumida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga deputatlikka ko‘rsatilgan nomzodlarga tavsiyalar berish maqsadida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Sh.T.Raxmonov, Z.T.Shadiyeva, Z.A.Akramova hamda partiyaning viloyat kengashi raisi Z.N.To‘yyevalar ishtirokida o‘tgan seminarda yangi saylov tizimi, qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar hamda saylov kampaniyasi davridagi tashviqot ishlari yuzasidan ma’lumotlar berildi.

 

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish