Saylovoldi dasturi, nomzodlar saylovchilarga tanishtirilmoqda

 

O‘zXDPning Jizzax viloyat kengashi tomonidan Do‘stlik tumanidagi Tibbiyot texnikumida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga qo‘yilgan nomzod M.O‘razaliyeva ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda nomzod M.O‘razaliyeva, partiyaning viloyat kengashi o‘rinbosari M.Babayeva hamda tuman raisi S.Ashurovlar tomonidan partiyaning yangi Saylovoldi dasturi, nomzodlar saylovchilarga tanishtirildi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatni har tomonlama taraqqiy ettirish, xalq farovonligiga erishish, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishda saylovlar fundamental ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi uzoq yillik tajribaga ega bo‘lib, yurtimizda o‘tkazilgan barcha saylovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelgan.

Samimiy muloqotda qatnashchilar saylovda faol bo‘lishga, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi va nomzodlariga ovoz berishga chaqirildi.

 

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish