Tibbiyot xodimlari munosib taqdirlandi

 

Bugun Toshloq tumanidagi Furqat mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 2-ixtisoslashgan umumta’lim maktabi majlislar zalida «12 noyabr – Tibbiyot xodimlari kuni» munosabati bilan tuman hokimligi, tuman tibbiyot birlashmasi va O‘zbekiston XDP tuman tashkiloti hamkorligida soha xodimlarini taqdirlashga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston XDP tuman tashkiloti raisi Tursunboy Soliev, tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Akmaljon Shermatovlar so‘zga chiqib, soha xodimlarini yaqinlashib kelayotgan bayram bilan samimiy muborakbod etishdi. Tibbiyot sohasida erishilgan yutuqlar va soha xodimlari xalqimiz salomatligi yo‘lida samarali mehnat qilishi uchun davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imtiyoz va sharoitlar haqida ma’lumotlar berildi.

Faollar faxriy yorliqlar, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish