Deputatimiz e’tirof etildi
Yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, bu borada jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish hamda faol, har jihatdan ibratli ayollarimizni muntazam rag‘batlantirib borish, gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni keng targ‘ib qilish va jamoatchilikka yetkazish maqsadida Buxoro viloyatida “Gender tenglik faoli” tanlovi o‘tkazildi.
Tadbirda Vobkent tuman kengashi deputatligiga saylangan deputat Farhod Umarov “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol hududiy hokimlik” nominatsiyasida viloyat hokimligining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.