Universitet talabalari bilan muloqot qilindi

 

O‘zbekiston XDP Xorazm viloyat kengashi hamda Urganch shahar kengashi hamkorligida Urganch davlat universiteti talaba yoshlari ishtirokida yoshlarning siyosiy, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, siyosiy jarayonlarga faol jalb qilish maqsadida “Safimizdagi yoshlar” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi.

Viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari U.Qo‘chqorov, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i N.Masharipova, partiyaning Urganch shahar Kengashi raisi O.Bobojonovlar ishtirok etgan muloqot davomida partiya tomonidan olib borilayotgan ishlar, partiyaning yoshlar bilan ishlash borasidagi faoliyati yuzasidan so‘z yuritildi.

Yoshlar uchun viktorina tarzida savol-javoblar tashkil etilib, unda partiya faoliyati, qonunchilikka oid savollarga to‘g‘ri va tezkor javob bergan yoshlar partiya tomonidan ajratilgan maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish