Konstitutsiyaviy huquqlar har kuni takrorlanishni talab qiladi

 

Xorazm viloyatida ham Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun munosabati bilan turli tadbirlar, uchrashuv va muloqotlar tashkil etilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston XDP Yangiariq tuman kengashi tomonidan tumandagi 2-son maktabda «Konstitutsiya – farovon hayotimiz kafolati» mavzusida tadbir tashkil qilindi. Unda maktab direktori, xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashi deputati Mansurbek Otanazarov qatnashib, xalqchil, inson manfaatini to‘la mujassam etadigan Bosh qomusimizning mazmun-mohiyatini tushuntirdi. Har bir bo‘lim, har bir bob hamda ishtirokchilarga eng qiziq bo‘lgan moddalar yuzasidan ma’lumot berdi.

Xonqa tuman partiya tashkiloti tomonidan ham shu kabi tadbir tashkil etildi. Tumandagi 2-son kasb-hunar maktabida Konstitutsiyamizning 32 yilligiga bag‘ishlab, «Bosh qomusimiz fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatidir» mavzusida muloqot o‘tkazildi.

Tuman partiya Kengashi raisi Feruz Vaisov so‘zga chiqib, Konstitutsiya qabul qilinishi mustaqil, yangi ijtimoiy demokratik davlat — O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘lganini qonunan tasdiqlanganidan dalolat ekanini ta’kidladi. Bosh qomusimiz huquqiy hujjat sifatida O‘zbekistonning insonparvar demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning asosi ekani ta’kidlandi.

Tadbirda 2-son kasb-hunar maktabi direktori Bahodir Fozilov ham ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz
← Roʻyxatga qaytish