O‘zbekiston XDP Xiva tuman kengashi tomonidan “Safimizdagi yoshlar” loyihasi doirasida "Shomoxulum" mahallasida uchrashuv o‘tkazildi. Yigit-qizlarning siyosiy, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, siyosiy jarayonlarga faol jalb qilish maqsadida tashkil etilgan tadbirda mahalla yoshlari qatnashdi.
Tadbirda O‘zbekiston XDP Xiva tuman kengashi raisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yulduz Toshpo‘latova partiya maqsadi va g‘oyalari hamda qonunga kiritilayotgan o‘zgarishlar haqida so‘z yuritdi. Shu bilan birga, yangi tahrirdagi Konstitutsiyadagi o‘zgarishlarning inson manfaati uchun xizmat qilayotgani haqida tushunchalar berdi.
Shuningdek, har bir insonning ezgu fazilatlarga ega bo‘lishi, hayot va jamiyatda munosib o‘rin tutishida kitobning o‘rni va kitob mutolaasining ahamiyati cheksiz ekani haqida fikrlar bildirildi.
O‘z navbatdagi yoshlar ham mavzu yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirdilar.