Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi, Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatovaning Samarqand shahridagi “Bog‘bonlar” mahallasi fuqarolari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Deputat mahalla ahliga 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda munosib va faol ishtirok etgani uchun minnatdorlik izhor etdi. Endilikda mahalladagi muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish uchun birgalikda ishlashga, har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Uchrashuvda saylovchilar bir qator masalalar bilan murojaat qildi. Xususan, mahallada bolalar sport maydonini barpo etishga ehtiyoj borligi ta’kidlandi. Shuningdek, xonadonlardagi gaz va elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bo‘ldi.
Deputat har bir murojaatni yozib oldi. Tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga murojaat qilib, masalani yechishga kelishib oldi.