Mahalliy Kengash sessiyalarida O‘zbekiston XDP guruhi pozitsiyasi qanday bo‘ladi?
Mahalliy Kengash sessiyalarida O‘zbekiston XDP guruhi pozitsiyasi qanday bo‘ladi?

 

Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputatlar allaqachon vazifalariga kirishib ketgan. Raqamlarga to‘xtalsak, viloyat, tuman va shaharlarida 115 nafar deputatlik o‘rniga ega bo‘ldik. 19 ta deputatlik guruhlari tuzildi. Endigi navbat viloyat, tuman va shaharlarimiz kelgusi 5 yillikda saylov okrugida, mahallalar kesimida saylovchilar, partiyamiz elektorati manfaatlarini himoya qilish uchun sidqidildan ish olib borishi bilan bog‘liqdir.

Buning uchun, avvalo, deputatlar okrugidagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etishga qaratilgan shaxsiy ish rejalarini tuzib olishi, shuningdek, tuman va shahar darajasidagi muammolarni partiya guruhi bilan kelishgan holda monitoringdan o‘tkazib borishi, shundan so‘ng bartaraf etish choralarini tizimli yo‘lga qo‘yishi kerak. Bunda bizga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi taklif etgan “tuman-viloyat-markaz” tamoyilida ish ko‘rish yordam beradi. Ayniqsa, cheka hududlarda ijtimoiy soha obyektlarini qurish va ta’mirlashni davlat dasturiga kiritishga bog‘liq masalalarda viloyat Kengashidagi deputatlik guruhi, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari bilan doimiy muloqot yo‘lga qo‘yilishi talab etiladi. Quyida esa, partiya guruhi rahbari Kengashlardagi doimiy komissiya, sessiya yig‘ilishlarida doimo partiya manfaatlarini ximoya qilib borishi zarur.

Xususan, joylarda ijro etuvchi hokimiyat vakillari va mansabdor shaxslar saylovodi dasturimizda belgilangan bir qancha vazifalarni vakolati doirasida ijrosini ta’minlab borishadi. Masalan, pensionerlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar ijtimoiy himoya, kommunal soha sifatini yaxshilash, ichimlik suvi, shuningdek, issiqlik energiyasi va suv hisoblash asboblari bilan to‘liq ta’minlash kabi kundalik masalalar mahalliy Kengash deputatlari aralashuvida yechim topadi. Shu bilan birga, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ajratiladigan dori-darmon, protez-ortopediya vositalari va boshqa tibbiy-ijtimoiy yordamni imtiyozli taqdim etish kabi masalalar ham mahalliy boshqaruv organlari bilan hamkorlikda hal etiladi. Ammo yirik muammolar, tizimli yeim talab etiladigan masalalarda viloyat hamda respublika mas’ullarining e’tibori lozim.

Asosiysi, partiya Saylovoldi dasturidan kelib chiqib, deputatlik guruhi o‘z pozitsiyasini bildirib borish, ijtimoiy masalalar, elektorat manfaatlarini ifodalovchi takliflarda peshqadam bo‘lish vazifasiga mas’uldir.

 

Obloberdi OLIMOV,

O‘zbekiston XDP Farg‘ona viloyat kengashi rais o‘rinbosari,

Quva tuman Kengashi partiya guruhi rahbari.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish