O‘zbekiston XDP saylovchilarning davlat dasturiga takliflarini o‘rganyapti
O‘zbekiston XDP saylovchilarning davlat dasturiga takliflarini o‘rganyapti

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qo‘qon shahar kengashi raisi H.Ismoilov ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi. Ya’ni, partiya faollari hududdagi 11-sonli davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2025-yil – «Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili»da amalga oshiriladigan davlat dasturiga saylovchilarning takliflarni oldi.

Shuningdek, partiyaning dasturiy tashabbuslari, g‘oyalari, maqsad va vazifalari ham targ‘ib etildi. Muassasaning pedagoglar jamoasi partiya xodimlariga turli savollar bilan murojaat qildi, o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.

Bundan tashqari, bir guruh tashabbuskorlarning taklifiga ko‘ra maktabda partiyaning boshlang‘ich tashkiloti tashkil etildi. Partiyaga a’zo bo‘lgan o‘qituvchilarga guvohnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz
← Roʻyxatga qaytish