Qonun loyihalari muhokamada

 

Avval xabar berganimizdek O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi "markaz-viloyat-tuman" tamoyili asosida faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Bu esa joylardan qonunchilikka oid turli takliflar, muammolar yechimiga qaratilgan mulohazalarning xalqqa yanada yaqinlashuviga xizmat qilmoqda.

Bilamizki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish izchil davom ettirilmoqda. Shu munosabat bilan O‘zXDPdan saylangan Samarqand viloyat va Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputatlari F.Raximova va T.Hamidov tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun-hujjatlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama etildi.

“Aholiga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlariga kiritilmagan qo‘shimcha tibbiy yordam ko‘rsatishni huquqiy tartibga solish, shuningdek tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali ularga kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqini berish tizimini joriy etishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi loyihaga o‘z takliflarini bildirdi.

Shuningdek, "Ba’zi turdagi tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining, shu jumladan, elektron sigaretalarning muomalasini taqiqlash hamda javobgarlik belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi uchun partiya bildirgan pozitsiyasini ma’qulladilar.

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish