Davlat dasturi loyihasiga takliflar berildi

 

O‘zbekiston XDP Toshloq tuman kengashi tashkiloti va tuman hokimligi hamkorligida tumandagi «Qumariq» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 93-oilaviy poliklinika hamda 16-bolalar bog‘chasi xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Unda 2025-yil «Atrof-muhitni asrash va «yashil» iqtisodiyot yili» Davlat dasturi loyiha mazmun mohiyati haqida so‘z bordi.

Muhokamalarda so‘zga chiqqanlar loyihada mamlakatimiz taraqqiyotini mustahkamlash, xalqimizning turmush farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan maqsad va vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Jumladan, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda yashil iqtisodiyotni o‘rni ayniqsa qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan unumli foydalanish, Davlat boshqaruvini demokratlashtirish va yanada takomillashtirish, sud-huquq tizimidagi islohotlarni davom ettirishga oid vazifalarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlash va tashqi siyosat yo‘nalishlarida joriy yilda amalga oshiriladigan keng ko‘lamli islohotlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Tadbir ishtirokchilari Davlat dasturi loyihasidagi partiyamiz dasturiy maqsadlariga uyg‘un masalalarga alohida urg‘u berdi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya bilan bog‘liq chora-tadbirlarni yanada takomillashtirishga oid takliflar, fikr-mulohazalar bildirildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish