Fuqarolar muammolari deputatlar e’tiborida
«Nuroniy» jamg‘armasi Qo‘shko‘pir tuman bo‘limi raisi, tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi S.O‘razmetov «Mesit» mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Qabul jarayonida mahalla fuqarolari, jumladan, xotin-qizlar o‘z murojaatlari bilan qatnashdilar.
Saylovchilar bilan muloqotlar davomida asosan yo‘llarni ta’mirlash, elektr ta’minoti bilan bog‘liq, shuningdek, yangi transformator o‘rnatish, moddiy va tibbiy yordam kabi masalalar bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushdi.
Aksariyat murojaatlar shu yerning o‘zida bartaraf etilgan bo‘lsa, yechimi uzoq vaqt talab etadigan masalalar deputatlik nazoratiga olindi va huquqiy tushuntirishlar berildi.