O‘zbekiston XDP Xorazm viloyat kengashi raisi o‘rinbosari, Yangibozor tuman Kengashidagi partiya guruhi a’zosi Ulug‘bek Qo‘chqarov saylovchilar bilan muloqot olib bordi.
Uchrashuvda O‘zbekiston XDP Xorazm viloyat kengashi vakillaridan N.Masharipova, S.Babajanov, I.Saidova, partiyaning Yangibozor tuman kengashi raisi E.Otanazarov hamda Yangi yop mahallasi hokim yordamchisi, fuqarolar qatnashdilar.
Muloqotlar jarayonida fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolari, murojaatlari va takliflari bilan ishtirok etdi.
Murojaatlarni o‘rganish barobarida fuqarolar tomonidan ishga joylashish, uy-joy olish bo‘yicha masalalar tinglandi. Deputat tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi mavjud muammolarni bartaraf etishda ko‘maklashish bo‘yicha choralar belgilandi.
Uchrashuv yakunida fuqarolarga partiyaning maqsad va vazifalari aks etgan tarqatma materiallari tarqatildi.