«Bog‘chinor»liklar XDP deputatidan amaliy yordam so‘radi

 

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi Dilafruz Ulug‘boyeva «Bog‘ichinor» mahallasining «mahalla yettiligi» bilan hamkorlikda faoliyat faoliyatini tashkil qilmoqda. Xususan, mahalladagi muammolarni tizimli hal etishda doimiy hamkorlikda o‘rganishlar o‘tkazilyapti.

Saylovchilar bilan muloqotlar hamda mahalladagi o‘rganishlar ayrim masalalarning erta aniqlanishiga hissa qo‘shmoqda. Aytish kerakki, «Bog‘ichinor» MFY hududidagi suv minorasining o‘z belgilangan chegarasi mavjud. Ammo hozirgi kunda uning atrofi o‘ralmagan. Vaholanki, suv minorasi atrofidagi hududda aholi turar joylari hamda 20-maktabgacha ta’lim tashkiloti, 22-umumta’lim maktabi yaqin masofada joylashgan. Bu esa xavfsizlikka tahdid tug‘diradi. Chunki yosh bolalar suv minorasi atrofida o‘ynashi ehtimoldan holi emas.

Shuni inobatga olgan holda suv minorasi hududi chegarasini temir panjara yoki devor bilan o‘rash masalasida soha mutaxassislaridan amaliy yordam so‘raldi. Ushbu suv inshooti mas’ullar tomonidan devor bilan o‘rab berilsa, «mahalla yettiligi» bilan hamkorlikda ushbu suv inshootining atrofiga daraxtlar ekilib obodonlashtirish imkoni yuzaga keladi. Deputat va «mahalla yettiligi» masalani mutasaddi tashkilotlar bilan hal etishga kirishdi.

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish