Deputatga qilingan murojaat natijasida fuqaro uyli bo‘ldi
Deputatga qilingan murojaat natijasida fuqaro uyli bo‘ldi

 

Hech bir eshik sababsiz taqillatilmaydi. Kimdir murojaat qildimi, demak ehtiyoji, yechilishi kerak bo‘lgan masalasi bor.

Samarqand shahridagi «Geologlar» MFYda yashovchi fuqarolar ham partiyamizdan saylangan deputatning eshigini taqillatdi. Unga ko‘ra xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi, 1-Bog‘ibaland saylov okrugidan saylangan deputat Badriddin Nasriyev saylovchilar murojaat qildi. Deputat «Geologlar» MFYda bo‘lib, M.Mullajonova va M. Muhiddinovaning murojaatini joyida o‘rgandi.

Gap shundaki, ariza mualliflari deputatga turar-joylari buzilib, bir necha yildan buyon boshqa boshpana berilmayotganini bildirgan. Shu vajdan kelib chiqib, yangi qurilayotgan uylardan xonadon ajratilishida amaliy yordam so‘rashgan.

Deputat B.Nasriyev mutasaddi tashkilot xodimlari va mahalla faollari bilan birgalikda muammoni joyida o‘rgandi. Murojaatchilarning yangi qurilayotgan uy-joylardan xonadon ajratish masalalari ijobiy hal etilishiga kelishib olindi. Jumladan, M.Mullajonovaga «Geologlar» mahallasi «Sokol» ko‘chasida qurilayotgan uyning 53-bloki, 2-qavatidan 90 kvadrat metrli xonadon ajratilishi ko‘zda tutilmoqda. Boshqa murojaat egasining masalasi ham tez kunda hal bo‘lishi qayd etildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish