Davlat dasturi loyihasiga takliflar berildi

 

O‘zbekiston XDP Amudaryo tuman kengashi tomonidan «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati, O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi O.Yo‘ldoshev yoshlarga 2025-yil – «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yili» Davlat dasturi loyiha mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirib berdi.

Davlat dasturi loyihasidagi partiyamiz dasturiy maqsadlariga uyg‘un masalalarga alohida urg‘u berildi. Xususan, 2025-yil Davlat dasturida 8 ming nafargacha yoshlarni kasbiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish orqali ularning bandligini ta’minlash, yuqori daromad topish imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashish masalalari o‘rin olgani ta’kidlandi. Demak, 2025-yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan maqsadlar orqali mamlakatimizda investitsiyalar oqimi ortishi orqali yangi-yangi korxona va tashkilotlar ishga tushib, aholini ish bilan band bo‘lishiga ko‘maklashiladi.

Yoshlar bu boradagi masalalarni qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya bilan bog‘liq chora-tadbirlarni yanada takomillashtirishga oid takliflar, fikr-mulohazalar bildirildi.

 

 

 

 

 

Teglar

Davlat dasturiga takliflar
← Roʻyxatga qaytish