O‘zbekiston XDP Farg‘ona viloyat kengashining navbatdagi plenum

 

O‘tgan yilning sarhisobi, yangi yilga reja va maqsadlar belgilash. O‘zbekiston XDP Farg‘ona viloyat kengashining navbatdagi plenumi kun tartibi ushbu masalalarga qaratildi.

Shuningdek, viloyat partiya kengashi raisi va uning o‘rinbosarini saylash, Ijroiya qo‘mitasi a’zolarni 7 kishidan iborat tarkibda qayta saylash masalalari ham plenum ishida ko‘rib chiqildi.

Farg‘ona viloyat kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2024-yildagi faoliyati yuzasidan hisoboti tinglanar ekan xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya guruhining ham amalga oshirgan ishlari muhokama qilindi.

Jumladan, partiya Harakat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi tanqidiy ko‘rib chiqildi. Deputatlik korpusi hamda partiya tashkilotlari faoliyatini yanada jonlantirish uchun e’tibor qaratish zarur bo‘lgan jihatlarga to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, o‘tgan yili bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda viloyat, tuman (shahar) Kengashlariga saylov natijalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, yig‘ilishda plenum a’zolari ovozi bilan Farg‘ona viloyat kengashi raisi lavozimiga O‘ktamov Shohruxbek Ulug‘bek o‘g‘li, rais o‘rinbosari lavozimiga Olimov Obloberdi Aminjon o‘g‘li saylandi.

Plenumda joriy yilda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar va ularga yondashish usullari ham belgilandi. Har bir masala yuzasidan plenum qarorlari qabul qilindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Plenum
← Roʻyxatga qaytish