Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi U.Abdunazarov aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish, muammolarni tezkorlik bilan joyida hal etishga qaratilgan «Deputat mahallada» loyihasi doirasida saylovchilar bilan muloqot tashkil qildi.
Bekobod shahridagi «Metallurg» MFY binosida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bir guruh aholi vakillari ishtirok etdi. Uchrashuvda mahalla faollaridan G‘.Bahromov, S.Niyozmatov va X.Berdiqulov so‘zga chiqib, hududdagi muammolarni aytib o‘tdi.
Jumladan, ichki ko‘chalarni ta’mirlash va asfalt yotqizish, tungi yoritish tizimi, mahalla nuroniylari uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi. Uchrashuvda ko‘tarilgan masalalarning yechimi bo‘yicha tegishli mutasaddilarga so‘rov yo‘llanishi ta’kidlandi.
Deputat elektorat o‘ylantirayotgan masalalarni o‘rganish, aholini turmushini yanada yaxshilash bo‘yicha fuqarolardan takliflar ham so‘radi. Shu bilan birga, ularga turli dasturlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosi ustidan nazorat o‘rnatishning ahamiyat va bunda jamoatchilikning ishtiroki muhim ekani ta’kidlandi.