Hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, fuqarolarning turmush sharoitlarini o‘rganish, joylardagi muammolarni aniqlash va bu borada deputat nazorati samaradorligini kuchaytirish maqsadida joylarda aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Xonqa tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi, Xonqa tuman Kengashi kotibiyat mudiri X.Abdiramanov "Durgadik" mahallasi fuqarolari bilan uchrashdi. Unda mahalla raisi B.Mahmudov hamda mahalla faollari ishtirok etdi. Muloqot davomida fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar bo‘yicha murojaat qildi.
Uchrashuv chog‘ida ichki yo‘llarni ta’mirlash va hududdagi 49-son MTTni yangidan qurish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, saylovchilar 6-son umumta’lim maktabi oldiga svetofor o‘rnatish masalalari yuzasidan amaliy ko‘mak so‘radi.
Bildirilgan barcha murojaatlarning yechimi deputat tomonidan nazoratga olindi.
Haqli e’tirozlarga sabab bo‘layotgan muammolarga joyida ijobiy yechim topish choralari ko‘rilib, ularga amaliy yordam va huquqiy maslahatlar berildi.