O‘zbekiston XDP Samarqand viloyat kengashining navbatdagi plenumi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘tgan yil davomida amalga oshirilgan faoliyat tahlil qilinib, Davlat dasturining partiyamiz elektorati manfaatlari nuqtai nazaridan ahamiyati va shundan kelib chiqib, joriy yildagi vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, viloyat partiya kengashi raisi va uning o‘rinbosari, Ijroiya qo‘mitasi a’zolarini qayta saylash masalalari ham plenum ishida ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, joriy yilgi reja va maqsadlar belgilandi. Xususan, BPT bilan aloqalarni mustahkamlash tashabbusi to‘liq qo‘llab-quvvatlandi. Buning uchun BPTlar bilan aloqalarni tiklash, partiya a’zolari sonini ko‘paytirish, yangi BPTlar ochish hamda ularga uslubiy, amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni kuchaytirishga kelishib olindi.
Yil yakuni bilan samarali faoliyat yuritgan tuman (shahar) kengashlari “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi kengashlari faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida baholandi.
Unga ko‘ra, Paxtachi tumani birinchi o‘ringa loyiq deb topildi. 2-o‘rinni Nurobod va 3-o‘rinni Samarqand tumanlari egalladi. Shu bilan birga, turli nominatsiyalar bo‘yicha ham faollik ko‘rsatgan tumanlar taqdirlandi.
G‘oliblarning barchalari viloyat kengashining “Faxriy yorliq” hamda “Tashakkurnoma”lari va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.