Toshkentliklar ham faoliyatni jonlantirish masalasini ko‘rib chiqdi
Toshkentliklar ham faoliyatni jonlantirish masalasini ko‘rib chiqdi

 

O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashining navbatdagi plenumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashining o‘tgan yildagi faoliyati natijalari sarhisob qilinib, Kengashning istiqboldagi reja va vazifalari yuzasidan fikr almashildi.

Plenum ishtirokchilari avvalo, partiyaning faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, aholining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ijtimoiy masalalarga oid yangi tashabbuslarni ilgari surish borasida so‘z bordi.

Partiya a’zolari Toshkent shahrining har bir hududidagi ijtimoiy ahvolni yaxshilashga qaratilgan aniq amaliy chora-tadbirlarni belgilab olish muhim ahamiyatga egaligini ta’kidladi.

Shuningdek, partiya a’zolarining aholi bilan yaqin aloqalarini rivojlantirish, keng jamoatchilikni partiya dasturlari bilan tanishtirishga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.

Toshkent shahridagi partiya tashkilotlari faoliyatini mustahkamlash va yangi yondashuvlarni amalga oshirish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilindi.

 

 

 

 

 

Teglar

Plenum
← Roʻyxatga qaytish