Sirdaryolik partiyadoshlar ham faoliyatini tahlil qildi

 

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda O‘zbekiston XDPning barcha viloyat kengashlari plenumlari o‘tkazilmoqda. Unda o‘tgan yilning sarhisobi, yangi yilga reja va maqsadlar belgilash masalalari ko‘rib chiqilyapti.

Sirdaryo viloyat partiya kengashining navbatdagi plenumi kun tartibidan ham shu va boshqa qator masalalar o‘rin oldi.

Dastlab, Sirdaryo viloyat kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2024-yildagi faoliyati yuzasidan O‘zXDP Sirdaryo viloyat kengashi raisining hisoboti tinglandi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya guruhining ham amalga oshirgan ishlari muhokama qilindi.

Shuningdek, partiya elektorati manfaatlarini himoya qilish, inson qadrini yuksaltirish yo‘nalishidagi vazifalarni amalga oshirishda munosib ishtirok etish, xalq bilan muloqot mexanizmlarini yangi bosqichga olib chiqish, joylarda deputatlik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi ishlarni tizimli tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘tgan yilgi saylov natijalari, erishilgan natijalar va boy berilgan imkoniyatlar sarhisob qilindi.

Plenumda joriy yilda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar va ularga yondashish usullari ham belgilandi. Tadbir yakunida har bir masala yuzasidan plenum qarorlari qabul qilindi.

 

 

 

 

 

Teglar

Plenum
← Roʻyxatga qaytish