Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Toshkent viloyatida

 

Sir emaski, O‘zbekiston XDPning Saylovoldi dasturida ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan. Shundan kelib chiqib, quyi palatadagi partiya fraksiyasi a’zosi Qizilgul Qosimova hamda Toshkent viloyati kengashi deputati Akmal Umaraliyev Ohangaron shahrida joylashgan Ijtimoiy-qo‘llab quvvatlash markazi faoliyatini o‘rgandi.

Bugungi kunda Toshkent viloyati ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazida jami 255 ta o‘rin mavjud bo‘lib, shundan 220 tasi – budjet mablag‘lari, 35 tasi pullik xizmat hisobiga moliyalashtiriladi. Pullik o‘rinlarning 30 tasi statsionar, 5 tasi kunduzgi qatnov shaklidagi xizmatlar uchun belgilangan.

Deputat Markazda istiqomat qiluvchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rgandi. Jumladan, oshxona, yotoqxona, kutubxona, fizioterapiya, massaj va davolash badantarbiya xonasi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish natijalaridan kelib chiqib, deputat takliflarini shakllantirdi. Jumladan, oshxona ta’minoti autsorsing orqali tashkil etilgan bo‘lib, tayyor issiq ovqatlarni o‘z vaqtida yashovchilarga yetkazib berish maqsadida ishchi-xodimlar sonini ko‘paytirish lozim.

Shuningdek, qayta baholash natijalariga ko‘ra doimiy yashovchilar toifasiga mos kelmaydigan, birinchi darajali yaqin qarindoshlari bor, o‘ziga xizmat qila oladigan 32 nafar shaxsni jamiyatga integratsiya qilish choralarini ko‘rish zarur. Bunda mazkur shaxslarning turar manzillari bo‘yicha “Inson” markazlari orqali yaqin qarindoshlari va farzandlari bilan aloqalarini tiklashga alohida e’tibor qaratish talab etiladi. Mehnat qilish qobiliyati mavjud, lekin turar joyi bo‘lmaganlarni ijtimoiy uy bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritish ham maqsadga muvofiqdir.

Deputatga ko‘ra, mehnat ustaxonalari faoliyatini kengaytirish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ko‘rgazmalar va elektron savdo platformalari orqali sotilishini ta’minlash kerak. Bundan tashqari, kam miqdorda xarid qilinadigan dori vositalarini elektron savdolar orqali sotib olish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolardan kelib chiqib, bu jarayonni amalga oshirish uchun alohida tartib ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish