Toshkent viloyati: bir yilda 90 ta masala partiya guruhida o‘rganildi

 

Plenumda Toshkent viloyat kengashi raisi Akmal Umaraliyev ma’ruza qildi. Partiyaning amaliy Harakatlar dasturida belgilangan vazifalarning 2024-yildagi ijrosi tahliliy-tanqidiy ko‘rib chiqildi. Deputatlik korpusi hamda partiya tashkilotlari faoliyatini yanada jonlantirish uchun e’tibor qaratish zarur bo‘lgan jihatlarga to‘xtalib o‘tildi.

Ta’kidlandiki, o‘tgan yil davomida partiya Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan vakolatlari, shuningdek, partiyaning Saylovoldi dasturida aks etgan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib faoliyat yuritdi. Jumladan, partiya ishini takomillashtirish, deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Partiya tashkilotlari va deputatlik birlashmalari o‘rtasida munosabatlarni kengaytirish, mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada jonlantirishga urg‘u berildi. Shuningdek, xalq bilan muloqot samaradorligiga erishish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili Toshkent viloyatida partiyamizdan saylangan deputatlar Harakatlar dasturida belgilangan vazifalar bo‘yicha 53 ta masalani o‘rganishga muvaffaq bo‘lgan. Ularning 47 tasi doimiy komissiya, 43 tasi esa sessiyalarda ko‘rib chiqilgan. Har bir masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ijrosi nazoratga olingan. Harakatlar dasturidan tashqari, hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish natijasida deputatlik guruhida 37 masala, doimiy komissiyada 43 masala o‘rganildi va 39 masala sessiya kun tartibiga kiritildi. Bundan ko‘rinadiki, partiya elektorati manfaatlariga aloqador kamchiliklar Kengashlarda muhokama qilinib, bartaraf etishga erishilgan.

Shu bilan birga, saylovchilardan kelgan murojaatlar asosida tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga 275 ta deputatlik so‘rovi yuborilgan. Masalalarning aksariyati, ya’ni, 197 tasi ijobiy hal qilinib, vaqt talab etiladiganlari ijrosi ustidan nazorat o‘rnatilgan.

Faoliyat tanqidiy-tahlil qilingach, masala yuzasidan Ijroiya qo‘mita a’zolari o‘z fikrlarini bildirdi. Qayd etilishicha, viloyatda samaradorlikka erishish uchun yangi tashabbus, ishtiyoq va harakat lozim. Bu esa partiya tashkilotlari va deputatlar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Xususan, partiya mas’ullari, deputatlar aholi orasiga chuqurroq kirib borishi va qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazishi talab etiladi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Plenum
← Roʻyxatga qaytish