O‘zbekiston XDP deputatlari o‘z elektorati muammolarini o‘rganmoqda

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Zuhra Shodiyeva Sirdaryo viloyat partiya kengashi mutasaddilari bilan birgalikda Sirdaryo tumanida joylashgan ko‘zi ojizlar jamiyati uyida o‘rganish ishlarini olib bordi.

Hududga borgan ishchi guruh a’zolari tuman ko‘zi ojizlar jamiyati raisi Ulug‘bek Abdujabborov bilan birgalikda jamiyatga qarashli qo‘p qavatli uylarning holati, u yerda istiqomat qilayotgan aholining turmush sharoiti bilan tanishdi. Jamiyatga tegishli faoliyati to‘xtatilgan ishlab chiqarish sexlari joylashgan obyektlar ham ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tashrif davomida ko‘zi ojiz shaxslarning, vasiylik va homiylik bilan bog‘liq masalalari, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari hamda boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Mazkur tashrifning asosiy maqsadi ko‘zi ojiz bo‘lgan shaxslarning muammolarini o‘rganish va ularni hal etishga qaratilgan aniq choralarni ishlab chiqishdan iboratdir.

Tashrif so‘ngida ko‘zi ojizlarga himoyani kuchaytirish, ehtiyojlarini qondirish va ularning turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha takliflar tinglanib, mutasaddilar tomonidan yozib olindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish