Oliy Majlis Qonunchilik palatasi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi Jamol Ochilov Samarqand tumani “Bo‘zi” MFYda bo‘lib, aholi vakillari bilan muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda bir qator murojaatlar bo‘ldi. Odamlarning e’tiroziga sabab bo‘layotgan masalalar ko‘tarildi.
Shulardan biri mahalla hududidan o‘tgan 4 H 513 M yo‘lining bir kilometr qismi belgilangan me’yordan tor bo‘lib qolgani bilan bog‘liq. Bu esa mashinalar qatnovida qiyinchiliklar yuzaga keltirmoqda. Mazkur holat tegishli mutasaddilar, ishchilar guruhi hamda mahalla raisi N.Azimov, shu hududda istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan birga joyiga chiqib o‘rganildi. Mavjud muammo yechimi bo‘yicha takliflar berildi va amalga oshiriladigan birlamchi vazifalar kelishib olindi.
Shuningdek, Quyi palata deputati Samarqand tumani partiya kengashi ish faoliyati bilan tanishdi. Mahalliy Kengashlar deputatlari bilan uchrashib, tumandagi muammo va takliflarni o‘rgandi hamda ularning yechimi bo‘yicha takliflar berildi. Amalga oshiriladigan birlamchi vazifalar kelishib olindi.