Hududiy masalalar parlament a’zolari e’tiborida

 

Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari aholi bilan yaqindan muloqot qilish, odamlarning muammolarini tinglash va ularga o‘z vaqtida yechim topish maqsadida o‘z saylov okruglarida uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Mazkur uchrashuvlar joylarda saylovchilarni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishda muhim omil bo‘lmoqda.

Xususan, Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Dilbar Mamajonova Farg‘ona tumanida bo‘ldi. Deputat “Vodil” va “Hosilot”, “O‘zbekiston” mahallalarida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida dastlab fuqarolarga keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, qabul qilinayotgan yangi qonunlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Aholi vakillari hududdagi kamchiliklarga to‘xtalib, o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalarni bildirdi. Jumladan ichki yo‘llarni ta’mirlash, foydalanilmayotgan binolarni tadbirkorlarga berish masalalarida murojaat qilindi. Har bir murojaat deputat nazoratiga olinib, ijobiy yechim topiladigan bo‘ldi.

Deputatning hududdagi uchrashuvlari davom etmoqda.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish