Salomatlik aksiyalari tumanlarda davom etmoqda

 

Quvasoy shahar kengashi Polmon okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi X.Qodirov tashabbusi bilan "Salomatlik aksiyasi" tashkil etildi.

Loyiha doirasida hududda joylashgan OSHPda ijtimoiy himoya yagona reyestrida ro‘yxatga olingan oilalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Xususan, tibbiy ko‘rikda chekka hududlarga chegaradosh Nosirobot va Polmon qishloqlari fuqarolari ishtirok etdi.

Tor doiradagi mutaxassislar aholi vakillarining salomatligini ko‘zdan kechirib, tibbiy maslahat berdi. Zarurati borlarga esa davolanish uchun yo‘llanmalar taqdim etildi.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish