Hududlarda aholi tomonidan kelib tushayotgan har qanday murojaatlar deputatlar tomonidan o‘rganilib, ijrosi nazoratga olinmoqda. Deputatlar o‘rganishlar jarayonida saylovchilarni o‘ylantirayotgan masalalarni joyida ijobiy hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Masalan, xalq deputatlari Guliston tuman Kengashi deputati X.Yusubaliyev “Yulduz” MFYda joylashgan "Bodomzor 3" ko‘chasida bo‘ldi. Deputat mazkur hududdagi fuqarolar murojaatini mas’ul tashkilot xodimlari ishtirokida joyiga chiqib o‘rgandi.
Gap shundaki, ushbu ko‘chadagi yog‘ochdan qilingan elektr simyog‘ochlar avariya holatiga kelib qolgan. Shuningdek, fuqarolar ko‘chaga ichimlik suvi tarmog‘ini tortish, ko‘chani shag‘al yoki beton-asfalt qilish bo‘yicha amaliy yordam so‘radi. Barcha masala yuzasidan fikr-mulohazalar, takliflar yozib olindi.