Farg‘onalik siyosatchi yoshlar bellashdi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Farg‘ona viloyat kengashi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Siyosatdagi yoshlar” intellektual turnirini tashkil etdi.

Turnirda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filiali, Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Farg‘ona davlat universiteti, Farg‘ona politexnika instituti jamoalari qatnashdi.

Turnir ikki bosqichda o‘tkazildi. Birinchi shartda ishtirokchilar global siyosat asoslarini amaliy natijalarga aylantirish uchun zarur ko‘nikmalarni o‘zida rivojlantirishi kerak edi. Ya’ni, bu yo‘nalishdagi nazariyani amaliy natijalarga aylantirish hamda o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun yosh yetakchilarning imkoniyatlarini havola qilishdan iborat. Bunda jamoalar yoshlar orasidagi kamchiliklar, yuzaga kelishi ehtimoli yuqori bo‘lgan muammolar, yoshlar kelajagini prognoz qilish kabi masalalarni o‘zida mujassam etgan shartnoma (konsepsiya, rezolutsiya, qonun) loyihasini oldindan tayyorlaydi. Turnir davomida tayyor loyihalarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Eng qizg‘in bahs-munozaralar ikkinchi shart – tezkor savol-javob bosqichida kuzatildi. Ushbu bosqichda har bir jamoaga davlat boshqaruvi, siyosiy jarayonlar va huquqiy tizimga oid 5 ta savol berildi. Jamoalar qisqa vaqt ichida aniq va lo‘nda javob berishi talab etildi. Ishtirokchilarning tezkor fikrlash qobiliyati, bilimi va tahliliy yondashuvi aynan shu bosqichda sinovdan o‘tkazildi.

Tezkor savol-javob bosqichi davomida jamoalar o‘rtasida kuchli raqobat yuzaga kelib, har bir ishtirokchi o‘z bilim va tajribasini namoyon qilishga intildi. Hakamlar hay’ati tomonidan baholash 10 balli tizim asosida olib borildi. Bu bosqich yoshlarning siyosiy jarayonlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni huquqiy bilimlarini boyitishga undashga xizmat qildi.

Natijalar bo‘yicha:

Birinchi o‘rin Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabalariga nasib etdi. Ikkinchi o‘rinni Farg‘ona davlat universiteti, uchinchi o‘rinni esa Farg‘ona politexnika instituti jamoalari egalladi.

Turnir do‘stona muhitda o‘tkazilib, barcha ishtirokchilar partiyaning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, musobaqa davomida yoshlarning partiya a’zoligiga qabul qilinishi ham ularning siyosiy jarayonlardagi faolligini oshirishga xizmat qildi.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish