Ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan o‘rganishlar

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi va partiya Markaziy Kengashi vakillaridan iborat ishchi guruh Farg‘ona viloyatida bo‘lib turibdi.

Bundan maqsad ijtimoiy soha obyektlari va xizmat ko‘rsatish sifati bilan tanishish, infratuzilmaning holatini o‘rganish, aholi uchun ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va kamchiliklar yuzasidan samarali yechimlar taklif qilishdan iboratdir.

Shundan kelib chiqib, ishchi guruh a’zolari, viloyatdagi tibbiyot, ta’lim, ijtimoiy himoya va boshqa sohalarda mavjud muammolarni tahlil qilmoqda. Masalan, tibbiyot muassasalari, maktablar, bolalar bog‘chalari va boshqa ijtimoiy soha obyektlarida duch kelinayotgan kamchiliklar hamda ularning sabablarini o‘rganib, bartaraf etish choralari ishlab chiqilmoqda.

Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha aholining fikrlarini tinglash, ularning ehtiyojlarini aniqlash va bu masalalar bo‘yicha tegishli tashkiliy ishlarni olib borish rejalashtirilgan.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish